📢 Mahalla kutubxonasi — ma’naviyat maskani
Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari A.Tadjibayev, A.Xudayqulov, O.Toirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ashirmatov hamda "Madad" NNT vakili S.Eshbekov ishtirokida “Shalola” mahallasida oʻrganish ishlari olib borildi.
Ushbu jarayon davomida deputatlar mahalla “yettiligi” bilan birgalikda hududdagi tuman Axborot kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
Kitob fondining boyligi va mazmuni;
Yoshlar va aholi uchun yaratilgan sharoitlar;
Kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘ycha mahalla “yettiligi”ning rejalari.
Suhbat davomida kutubxonani yanada boyitish va aholi o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
📌 Maqsad — mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish.