Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“18-Fayzli” saylov okrugidan saylangan deputat N.Akbarov oʻz okrugida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligining masʻul rahbarlari bilan birgalikda saylangan okrugida 2026-yil aprel oyida oʻtkaziladigan uchrashuvlar
янв.21
Doimiy komissiyalarning 2026-yilning1-choragi davomidagi faoliyati.
янв.21
✅ “Yangi Darxon” mahallasida transformator taʻmirlandi
янв.21
Deputat N.Abdalimova xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2026-yil 13-17 aprel kunlari amalga oshiriladigan ishlari rejasiga muvofiq oʻz saylangan okrugida
янв.21
♻️ deputatlar faoliyati # haftalik reja
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
12-Navqiron okrugi deputati X.Dadabayev faoliyati
янв.21
🖼 Yangihayot tumanida milliyligimizning nozik jilosi tarannum etildi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI
Samarqand shahar deputatlari 21-umumta’lim maktabi muzeyi bilan tanishdi

 Maktab uzoq tarixga ega bo‘lib, binosi 1954-yilda qurilgan. U shaharning ta’lim tizimida faol ishtirok etib, adabiyot va ma’rifat yo‘nalishida tadbirlar o‘tkazib keladi. Hozirda zamonaviy ta’lim dasturlari tatbiq etilgan holda faoliyat yuritmoqda.

 Ma’lumki, ushbu maktabga Birinchi Prezidentimiz I. Karimov 1945-yilda o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomlagan.

 Deputatlar muzeyda Islom Abdug‘aniyevich o‘qigan davrdagi shinam partalar, kundalik daftarlar, insho daftarlari, tabellar, sinfdoshlar bilan tushgan suratlar va vinyetkalarni ko‘rib, tarixiy ob’ektlar saqlanib qolganligiga guvoh bo‘ldilar.

 Shuningdek, muzeyda Islom Abdug‘aniyevichni ko‘p yillar o‘qitgan ustozi Halim Abdurahmonov va boshqa mohir pedagoglarga tegishli tarixiy ashyolar ham diqqatga sazovor ekanligi ta’kidlandi.

 Deputatlar muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, tashrif buyuruvchilar sonini oshirish, qulayliklar yaratish va muzey fondidagi eksponatlarni saqlash bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar.

 Jumladan, muzeyni ta’lim sohasida o‘tmish, bugun va kelajakni aks ettiruvchi madaniy maskan sifatida boyitish, nodir eksponatlar bilan yanada boyitish va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish zarurligi ta’kidlandi.

 Tashrif yakunida deputatlar muzeyning “faxriy tashrif buyuruvchilar” kitobiga o‘z fikr-muloahazalarini yozib qoldirdilar.

Slide 1 of 2