Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#️⃣ Deputat nazorati natija berdi: "Marhamat" mahallasidagi muammolar bartaraf etildi
янв.21
⁉️ Deputat so‘rovi nazoratda: “Navqiron” mahallasidagi muammolar bartaraf etilmoqda
янв.21
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYaLAR FAOLIYaTIDA YaNGI BOSQICh: QARORLARNING HAYOTIYLIGINI TAʻMINLASH USTUVOR VAZIFA
янв.21
9 MAY – XOTIRA VA QADRLASh KUNI: FAXRIYLAR E’ZOZDA 💥
янв.21
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Yangihayot tuman partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputati N. Abdalimova tomonidan “Yoʻldosh” mahalla fuqarolar raisi N.Pirmatova, xotin qizlar faoli va profilaktika inspektori bilan suhbat oʻtkazildi. 📈 Suhbat davomida koʻrilgan masalalar:
янв.21
“Mahalla yettiligi”– Kengash – Senat” uch boʻgʻinli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning faoliyati
янв.21
“Xotira muqaddas” “Xotira sharaf”
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 7-“Oriyat” okrugi deputati, Adolat SDP aʻzosi B.Qobiljonov oʻz okrugida
Hududdagi investitsiyalar holati atroflicha o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 20 – Oltinko‘l saylov okrugi deputati K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev investitsiyalar holatini o‘rganish maqsadida “Semrug‘ Klaster” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik jihozlarning holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, korxona tomonidan mahsulot sifatini yaxshilash va ichki bozorda raqobatbardoshlikni kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mutasaddilar bilan suhbat jarayonida korxonada yaratilgan ish o‘rinlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar yuzasidan ma’lumotlar olindi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va hudud iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 9