Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
✅ “Yangi Darxon” mahallasida transformator taʻmirlandi
янв.21
Deputat N.Abdalimova xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2026-yil 13-17 aprel kunlari amalga oshiriladigan ishlari rejasiga muvofiq oʻz saylangan okrugida
янв.21
♻️ deputatlar faoliyati # haftalik reja
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI
янв.21
🖼 Yangihayot tumanida milliyligimizning nozik jilosi tarannum etildi
янв.21
8-Marhamat okrugi deputati Mirzoqulov Baxtiyor Tolibovich oʻz hududida
янв.21
✅ Yangihayot tumanida sayyor qabullar davom etmoqda
янв.21
SIZ HAM TABIATNI ASRASHGA OʻZ HISSANGIZNI QOʻSHING!
янв.21
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturiga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
# Tumanda aholi muammolarini oʻrganish yuzasidan belgilangan sayyor qabullar davom etmoqda.
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, korrupsiyaning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, Rishton tuman prokurori o'rinbosari B.Meliboyev tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari O.Yuldashev tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini samarali tashkil etish hamda jinoyatchilikni kamaytirish borasidagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Yig‘ilish davomida sohaga oid mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yakunda doimiy komissiya tomonidan tegishli qaror va xulosa qabul qilinib, mazkur masalani tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.

Slide 1 of 1