Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT “OCHIQ DARSDA”

Mazkur seminar ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich ishtirok etib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi hamda ochiq darslarda qatnashdi.

Seminar davomida zamonaviy ta’lim metodlari, samarali amaliyotlar hamda dars jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida sohaga oid fikr-mulohazalar almashildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 11