Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʻminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʻuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-son Farmoni ijrosini taʻminlash maqsadidagi oʻrganish
янв.21
#deputatlar_nazorati va murojaatlar ijrosi
янв.21
Magʻrib koʻchasi boʻylab oʻtadigan kanal
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
🔥Yangihayot tumanida yana bir mahallada kuz-qish mavsumiga tayorgarlik chora tadbirlari ijrosi yuzasidan deputatlarnazorati
янв.21
deputatlar Al-Fargʻoniy mahallasida
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi 10-bo'lim boshlig'i N. Yoqubovga 21-ds-421-26-sonli deputat so'rovi yuborildi
янв.21
💎Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi amalda
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔷Bugun xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔷Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🔻Boʻstonliq tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2025-2026-yil sug‘orish davri uchun suv resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan hisoboti hamda 2026-yil sugʻorish mavsumi uchun isteʼmolchilar kesimida suv limiti muhokamasi to‘g‘risida;

🔻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

🔻Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil birinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.

🔷Yig‘ilish yakuni bilan barcha masalalar navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4