Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
✅ Yangihayot tumanida sayyor qabullar davom etmoqda
янв.21
SIZ HAM TABIATNI ASRASHGA OʻZ HISSANGIZNI QOʻSHING!
янв.21
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturiga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
# Tumanda aholi muammolarini oʻrganish yuzasidan belgilangan sayyor qabullar davom etmoqda.
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
BUYUK TURON HARBIY MAKTABI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
#Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi IV Plenumi oʻtkazildi
янв.21
Doʻstlik-2 mavzesi, 4, 7, 9, 10 va 30 uylarda maʼnan eskirgan liftlarni yangisiga almashtirish jarayonlari oʻrganildi
янв.21
# Haftalik reja ijrosi # deputatlik_faoliyati
Tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi DMTTda yaratilgan shart-sharoitlar hamda «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunning hududdagi ijrosi yuzasidan keng qamrovli monitoring o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz sharoitlar, guruh xonalarining zamonaviy jihozlanganligi, oziqlantirish, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiyaviy va o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi atroflicha o‘rganildi. Shu bilan birga, muassasaning moddiy-texnik bazasi, mavjud infratuzilma va undan samarali foydalanish darajasi ham tahlil qilindi.

Shuningdek, pedagog xodimlarning mehnat faoliyati, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonun talablariga amal qilinishi holati alohida e’tiborga olindi.

O‘rganish davomida muassasa rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi. Yakuniy xulosalarga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 9