Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
8-Marhamat okrugi deputati Mirzoqulov Baxtiyor Tolibovich oʻz hududida
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
17-Yorqinhayot okrugi deputati B.Erkaboyev D.Xursandova bilan birgalikda oʻz okrugida boʻlib, 24 talik tavsiyalar asosida hududda oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
“Choshtepa” mahallasida murojaatlar yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
“Doʻstlik” okrugi deputati I.Xudaykulov oʻz okrugida
янв.21
2-Yangi Choshtepa okrugi deputati Muradova Gulnara Mirzaxmatovna oʻz okrugida
янв.21
12-“Navqiron” okrugida oʻrganish oʻtkazildi
янв.21
🥳 Yangihayotda yana bir zamonaviy mahalla binosi ochildi
янв.21
Yangihayot tumanida rivojlantirish ishlari
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2025-yil 18-sentabrdagi VII-15-97-9-123-K/25-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Olmazor” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari Kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova, bosh mutaxassis Avazbek Sharopov hamda tuman Moliya bo‘limi rahbari o‘rinbosari Farruh Xudoynazarovlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur loyiha 2025-yil 2-mavsumida “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan tashabbuslardan biri hisoblanadi. Unga ko‘ra, hududda usti yopiq futbol va voleybol maydonini barpo etish uchun 1 450 000 000 so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, loyiha ijrosi alohida nazoratga olingan.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, 2025-yil 20-yanvar kuni tuzilgan shartnomada belgilangan tartibga muvofiq 208 mln so‘m mablag‘ “BARAKA QURILISH SERVIS” MCHJ hisob raqamiga avans to‘lovlari o‘tkazilgan. Biroq, quruvchi tashkilot tomonidan ishlar yetarli darajada jadallashtirilmaganligi, qurilish jarayonlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani sababli belgilangan ishlar to‘liq amalga oshirilmay, jarayonlar sekinlashgani kuzatildi.

Slide 1 of 8