Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev, D.Safarova va A.Cho'ratayevalar hududdagi ko‘p qavatli binolarda #liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
🛠 Liftlarning uzluksiz ishlashi va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi;
🧹 Sanitariya holati: Lift kabinalarining tozaligi va yoritish tizimi;
📞 Nosozlik yuzaga kelgan holatlarda dispetcherlik xizmatining samaradorligi;
📄 Liftlarning texnik ko‘rikdan o‘tkazilganlik muddati va mas’ul tashkilotlarning shartnomaviy majburiyatlari.
"Lift — bu nafaqat qulaylik, balki yuqori darajadagi xavfsizlik obyekti hamdir. Aholi, ayniqsa keksalar va yosh bolali ayollar uchun liftlarning soz bo‘lishi o‘ta muhim masaladir," — deb ta’kidlashdi deputatlar.
🚩 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olindi.