Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi 1-Guliston saylov okrugi deputati B.Axrorov saylov okrugidagi Andak mahallsi hokim yordamchisi faolyatini órgandi.
O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
📌 Xususan:
— fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi,
— bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish,
— hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📝 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ullarga deputatlik so'rovlari yuborildi.
✅Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi