Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Choshtepa” mahallasida murojaatlar yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
“Doʻstlik” okrugi deputati I.Xudaykulov oʻz okrugida
янв.21
2-Yangi Choshtepa okrugi deputati Muradova Gulnara Mirzaxmatovna oʻz okrugida
янв.21
12-“Navqiron” okrugida oʻrganish oʻtkazildi
янв.21
🥳 Yangihayotda yana bir zamonaviy mahalla binosi ochildi
янв.21
Yangihayot tumanida rivojlantirish ishlari
янв.21
335-sonli umumtaʻlim maktabining 720 oʻrinli yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
янв.21
✅ Yangihayot tumanida sayyor qabullar davom etmoqda
янв.21
✅ Yangihayot tumani mahallalarida sayyor qabullar davom etmoqda
янв.21
🇺🇿 Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida yoshlar bandligini ta'minlash bo`yicha uchrashuv
Yirik investitsiya loyihasi deputatalar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputat I.Jurayev, Furqat tuman Kengashi deputatalari va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari D.Ataxanov bilan birgalikda Ardaxshon qishlog‘ida barpo etilayotgan “Do‘stlik city Mall” xalqaro savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar kompleksi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar

 O'rganish davomida loyihaning amalga oshirilish bosqichlari, qurilish ishlarining borishi, infratuzilma ta’minoti hamda tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mazkur yirik loyiha doirasida 6000 ta yangi ish o‘rni yaratish hamda 1800 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, qurilish jarayonida uchrayotgan ayrim muammoli masalalar joyiga chiqqan holda muhokama qilinib, mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Natijada, hududda zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi shakllantirilib, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tuman iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga erishiladi.

Slide 1 of 1