Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova tomonidan shu oyda sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish yuzasidan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining doimiy komissiya raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarni berdi.
Jumladan Kengashning mart oyi ish rejasiga kiritilgan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarga kiritilayotgan loyihalarni hamda Kengash tasdig‘iga kiritiladigan ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilashga oid loyihalar haqqoniyligini joyida chiqib o‘rganish va o‘rganish natijalarini Xalq deputatlari sessiyasi muhokamasiga kiritilishiga kelishib olindi.