Tomarqa yerlaridan samarali foydalanilmoqda.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘lyon saylov okrugidan saylangan deputat U.Ro‘ziyev saylovchilar bilan uchrashib bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur maxsulotlar narx-navolari muvozanatini saqlash maqsadida qishloqlarda oziq-ovqat maxsulotlarini ko‘proq yetishtirish choralarini ko‘rish yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirdi.
Deputat tashabbusi bilan Ko‘liyon qishlog‘ida kartoshka urug‘larini arzonlashtirishgan yarmarkasi tashkil qilinib, bahorgi ekish ishlarini ilg‘or dehqonlar bilan birga boshlab yuborildi.
Deputat U.Ro‘ziyev aholi tomorqasi yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida “Mahalla yettiligi” vakillariga o‘z tavsiyalarini berdi.