Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Choshtepa” mahallasida murojaatlar yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
“Doʻstlik” okrugi deputati I.Xudaykulov oʻz okrugida
янв.21
2-Yangi Choshtepa okrugi deputati Muradova Gulnara Mirzaxmatovna oʻz okrugida
янв.21
12-“Navqiron” okrugida oʻrganish oʻtkazildi
янв.21
🥳 Yangihayotda yana bir zamonaviy mahalla binosi ochildi
янв.21
Yangihayot tumanida rivojlantirish ishlari
янв.21
335-sonli umumtaʻlim maktabining 720 oʻrinli yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
янв.21
✅ Yangihayot tumanida sayyor qabullar davom etmoqda
янв.21
✅ Yangihayot tumani mahallalarida sayyor qabullar davom etmoqda
янв.21
🇺🇿 Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida yoshlar bandligini ta'minlash bo`yicha uchrashuv
#Deputatlik faoliyati

🔰Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyat mudiri O.Abdullayev hamda shahar Kengashi deputatlari F.Mashkurova va M.Mo’mimov ishtirokida shahrimizdagi Axborot-kutubxona markazida yaratilgan shart-sharoitlar va ish jarayoni atroflicha o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

• Kitob fondining holati: Markazdagi mavjud adabiyotlar, ayniqsa, yangi nashr etilgan badiiy va ilmiy kitoblar bilan ta'minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

• Moddiy-texnik baza: Kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mutolaa zallarining shinamligi, kompyuter jamlanmalarining holati va internet tezligi tahlil qilindi.

• Elektron kutubxona: Aholiga masofadan turib xizmat ko‘rsatish va kitoblarni raqamlashtirish borasidagi ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Deputatlar markaz xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, kitobxonlar safini kengaytirish, yoshlarni mutolaaga jalb qilishda innovatsion usullardan foydalanish bo‘yicha o‘z takliflarini berib o’tishdi.

#deputatlik_faoliyati

Slide 1 of 2