Tashrif davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va fikrlari tinglandi. Har bir masala alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida urg‘u berildi:
Mahallada zamonaviy sport maydonini barpo etish va yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish
Mahalla binosini qurish hamda uni zamon talablari asosida jihozlash
Hududda faoliyat yuritayotgan beton ishlab chiqarish korxonasidan chiqayotgan shovqin darajasi va uning atrof-muhit hamda aholi salomatligiga ta’siri
Ayniqsa, ekologik holat bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganishlar olib borilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.
Tashrif yakunida mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ko‘tarilgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.
Bu kabi joyiga chiqib o‘rganish ishlari hududdagi muammolarni tezkor aniqlash va ularni samarali hal etishga xizmat qiladi.