Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
# Aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
🔸 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 13-Al-Fargʻoniy okrugi deputati Annaqulov Kamol Xasanovich
янв.21
4-Tashabbus okrugi deputati X.Tillayev oʻz hududida
янв.21
🔸 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati X.Kuchkarova va G.Djumaniyazovalar "Zarbdor" mahallasida
янв.21
“18-Fayzli” saylov okrugidan saylangan deputat N.Akbarov deputatlik_faoliyati
янв.21
Tashqi reklama, peshlavha va eʼlonlar “Davlat tili haqida”gi qonunga mosmi?
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-33-son Farmoni targʻiboti
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Deputat mahallada
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 209-son qarorida mahalla yettiligiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi qay darajada ta’minlanayotganligini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi, kotibiyat mudiri, hamda deputatlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati Boyovut tumani bo‘limi rahbari hamda uyushma xodimlari ishtirok etib, mahalla yettiligi faoliyatining bugungi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

️Muloqot davomida mahalla tizimida aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy muammolarni manzilli hal etish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashni kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi, murojaatlar bilan ishlash sifati hamda hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalar yuzasidan fikr almashildi.

️Uchrashuv yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Batafsil ma’lumotlar tuman Kengashi kotibiyatiga yozma ravishda taqdim etildi.

Slide 1 of 7