Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
# Aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
🔸 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 13-Al-Fargʻoniy okrugi deputati Annaqulov Kamol Xasanovich
янв.21
4-Tashabbus okrugi deputati X.Tillayev oʻz hududida
янв.21
🔸 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati X.Kuchkarova va G.Djumaniyazovalar "Zarbdor" mahallasida
янв.21
“18-Fayzli” saylov okrugidan saylangan deputat N.Akbarov deputatlik_faoliyati
янв.21
Tashqi reklama, peshlavha va eʼlonlar “Davlat tili haqida”gi qonunga mosmi?
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-33-son Farmoni targʻiboti
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Deputat mahallada
YASHIL MAKON BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 15 bandi (parklar, hiyobonlar, bog‘larning holati) ijrosini ta’minlash bo‘yicha shahar Kengashi deputati N.Sharipova va O‘zbekiston ekologik partiyasining Urganch shahar Kengashi bilan hamkorlikda shahardagi “Jingavuz” mahallasida joylashgan Jayxun ko‘chasida ekilgan “Yashil makon umummilliy dasturi” doirasida ekilgan yosh ko‘chatlarning xolati o‘rganildi. 

O‘rganish davomida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ekilgan yosh ko‘chatlarning bugungi holati, ularning tutib ketish darajasi va parvarishi ko‘zdan kechirildi. Ko‘chatlarning o‘sish davrini inobatga olib, ularni o‘z vaqtida qarash, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va atroflarini yumshatish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. 

Mazkur vazifalar yuzasidan mahalla hududidagi yashil maydonlar holati deputat N.Sharipova tomonidan doimiy nazoratga olindi va aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan shahar obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli tavsiyalar kiritildi. 

Slide 1 of 1