Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿 Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida yoshlar bandligini ta'minlash bo`yicha uchrashuv
янв.21
17-Yorqin hayot saylov okrugi deputati B.Erkaboyev oʻz okrugida
янв.21
uchurashuv grafigi
янв.21
✔️ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining “18-Fayzli” saylov okrugidan saylangan deputat N.Akbarov oʻz okrugida
янв.21
🇺🇿 Yangihayot tumanida ichki yoʻllarni taʻmirlash va asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
# Aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
🔸 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 13-Al-Fargʻoniy okrugi deputati Annaqulov Kamol Xasanovich
янв.21
4-Tashabbus okrugi deputati X.Tillayev oʻz hududida
янв.21
🔸 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati X.Kuchkarova va G.Djumaniyazovalar "Zarbdor" mahallasida
янв.21
“Navqiron” mahallasida asfaltlash ishlari olib borildi
Obodonlashtirish va ma’rifat maskanlari uchun 2 milliard so‘m yo‘naltiriladi

📍 Obodonlashtirish va ma’rifat maskanlari uchun 2 milliard so‘m yo‘naltiriladi

Bugun Xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda komissiya raisi A.Baratov, komissiya a’zolari hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi S.Primov ishtirok etdi.

Tuman mahalliy budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan jami 2,0 mlrd so‘m ajratish masalasi ko‘rib chiqildi. Jumladan:

🔹 1,0 mlrd so‘m — “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi beriladigan “Qo‘shqanot” MFYda zamonaviy piyodalar yo‘lagi, tungi yoritish tizimi hamda “Workout” sport maydonchasini barpo etish;

🔹 1,0 mlrd so‘m — “Yangiqishloq” MFY hududidagi Axborot-kutubxona markazi qurilishini yakunlashga yo‘naltiriladi.

Deputatlar bir ovozdan taklifni ma’qullashdi. Qaror loyihasi regulation.gov.uz portaliga joylanadi va sessiya kun tartibiga kiritiladi.

Slide 1 of 2