Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman tibbiyot birlashmasiga olib kiruvchi yo‘lni kengaytirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.
📌 So‘rovda quyidagi masalalarga aniqlik kiritish so‘raldi:
• Yo‘lni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar
• Muammoni hal etish yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlar
• Ishlarni bajarish muddatlari va moliyalashtirish manbalari
Qonunchilikka muvofiq, ushbu so‘rovga 10 kun muddat ichida rasmiy javob taqdim etilishi kutilmoqda.
🔎 Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, kelib tushadigan rasmiy javob va keyingi amaliy choralar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.