Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputat_#soʻrov_ #javobi
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasining majlisi boʻlib oʻtdi
янв.21
PQ-264- son qarori ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari ham oʻrganish va izlanish ishlarini olib borishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani deputati X.Tillayev oʻ'z saylangan hududida
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati 2-Yangi Choshtepa okrugi deputati Muradova Gulnara Mirzaxmatovna oʻz okrugida
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
# deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari Z. Raximberganova, J. Kuryazov hamda Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur tashrif deputatlik guruhining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq amalga oshirilib, unda markaz faoliyatini har tomonlama o‘rganish hamda aniqlangan dolzarb masalalarni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish maqsad qilindi.

O‘rganish davomida markaz tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash tizimi, ko‘rsatilayotgan yordam turlari hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, xizmatlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda aholining ehtiyojlarini to‘liq qondirishga qaratilgan masalalarni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 4