Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“18-Fayzli” saylov okrugidan saylangan deputat N.Akbarov deputatlik_faoliyati
янв.21
Tashqi reklama, peshlavha va eʼlonlar “Davlat tili haqida”gi qonunga mosmi?
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-33-son Farmoni targʻiboti
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Yangihayotda “Yashil makon” loyihasi doirasida “Men ham koʻcha ekaman” aksiyasi davom etmoqda
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Men ham koʻcha ekaman”
янв.21
#deputat_#soʻrov_ #javobi
янв.21
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-48-sonli qaroriga koʻra tuman hokimligi tomonidan bildirilgan takliflar Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashida muhokama etildi va maʼqullandi.
Taxiatoshda kanalizatsiya tizimi yangilanmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, “Nurli kelajak” mahallasi 20-Seytmuratov saylov okrugidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tumanda olib borilayotgan kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🚧 Ma’lumki, bugungi kunda tumanda kanalizatsiya infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlangan. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 486-sonli qaroriga asosan amalga oshirilib, “Jahon banki”ning 78 mln dollar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilmoqda.

📊 Loyiha doirasida:

▪️ 77,5 km kanalizatsiya tarmoqlari quriladi

▪️ 6 ta nasos stansiyasi barpo etiladi

▪️ Zamonaviy infratuzilma yaratiladi

📈 Loyiha to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng:

▪️ aholining kanalizatsiya bilan ta’minlanish darajasi 13% dan 42% ga oshadi

▪️ oqova suvlar qayta ishlanib, texnik va xo‘jalik maqsadlarida foydalanish imkoni yaratiladi

▪️ qayta ishlangan suvni tomorqa yerlarga yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

🌱 Bu kabi ishlar hudud obodonchiligi, ekologik barqarorlik va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4