Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati 2-Yangi Choshtepa okrugi deputati Muradova Gulnara Mirzaxmatovna oʻz okrugida
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
# deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
🔸 Deputat I.Xudaykulov ishtirokida 304-maktabda madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
✅ Yangihayot tumani mahallalarida sayyor qabullar davom etmoqda
янв.21
2025-yil 19-maydagi PQ-186-son qarorining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
янв.21
deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
Haftalik reja bilan tanishing
Boshqaruv kompaniyasi faoliyati o‘rganildi va amaliy ishlar olib borildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov A’zam Qarshiyevich tomonidan Xirmontepa, Katta Xirmontepa hamda Shuxrat mahallalariga xizmat ko‘rsatuvchi “Moxi-Nur kommunal” BSK boshqaruv kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, shuningdek, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilish holati atroflicha tahlil qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida joylarda tozalash ishlari amalga oshirilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, “Katta Xirmontepa” mahallasida joylashgan 18-uyning 3-yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Ta’mirlash jarayonida yo‘laklar obodonlashtirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratildi.

Shu bilan birga, hududda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilib, ob’ektlar to‘liq nazoratga olingan.

Deputat tomonidan bu kabi ishlar aholining turmush farovonligini oshirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda mahallalarda obod muhitni shakllantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 5