Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
*️⃣#deputatlar_mahallada # deputatlik_nazorati
янв.21
Yangihayot tumani mahallalarida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida mahallalarda tadbirlar oʻtkazilmoqda.
янв.21
#deputatlar_mahallada # deputatlik_nazorati
янв.21
# deputatlik_nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar tuman Kengashlarining oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish amaliyoti rejasiga muvofiq, xalq deputatlari Yangihayot va Yashnobod tuman Kengashlari kotibiyatlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
янв.21
#deputatlar_mahallada # deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlar_mahallada # deputatlik_nazorati
янв.21
✅ Yangihayot tumanida “Boʻsh ish oʻrinlari” yarmarkasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
Tuman Kengashi deputati fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xudayorov o'zining saylov okrugida aholi muammolarini eshitish va ijobiy hal etish maqsadida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan sog‘ligini tiklash, bandlik masalasi, kommunal xizmatlar, elektr ta’minoti va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi hamda ijro muddati belgilandi.

Qabul yakunida murojaatlar bilan ishlashda shaffoflik, ochiqlik va mas’uliyat asosiy tamoyil bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi. Har bir fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmasligi va mavjud imkoniyatlar doirasida yechim topilishi zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 2