O‘rganish jarayonida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, navbat tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi.
✅Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va tashkiliy masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✨Mazkur o‘rganish ishlari aholiga davlat xizmatlarini tezkor, sifatli va shaffof tarzda ko‘rsatishni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.