Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

✅ Sifat va nazorat-doimiy e'tiborda

✅ Sifat va nazorat-doimiy e'tiborda

Xalq deputatlari Qo'shko'pir tuman kengashi deputati Intizor Abdullayeva tomonidan Kenagas hamda Qoramon mahalla hududida joylashgan umumta'lim maktablarida boshlang'ich sinf o'quvchilariga tashkil etilgan nonushtalar sifati hamda keytеring xizmatlarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi yuzasidan o'rganish ishlari amalga oshirildi. O'rganish davomida tadbirkorlar tomonidan tayyorlanayotgan nonushtalarning sifati, mahsulotlarning yaroqlilik muddatlari , saqlash sharoitlari va oziq-ovqat xavfsizligi talablariga rioya etilishi atroflicha ko'zdan kechirildi.

Slide 1 of 1