Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida

 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish
ishlari jamoat nazoratida
 

🔹 Farg‘ona tuman
Kengashining 2025-yil 30-oktyabrdagi qarori ijrosi
doirasida hududlarda olib borilayotgan ishlar qat’iy jamoat nazoratiga
olindi. O‘rta qishloq MFY hududidagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim
muassasasiga qo‘shimcha bino qurilishi ishlari tuman Kengashi kotibiyati
mudiri Sh.Rahimov, Kengash bosh mutaxassislari O.Dadajonova, A.Eminjonov
va mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan bevosita joyida o‘rganildi.
 

🔹
O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, qurilish ishlari jadallik va samaradorlik
bilan olib borilayotgani, bolajonlar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz
shart-sharoitlar yaratish maqsadida barcha standart va me’yorlarga qat’iy
rioya qilinayotgani aniqlandi. Bu tashabbus kelajagimiz — bolajonlar ta’limi
va muhitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

  

Telegram |
Facebook | YouTube  

Slide 1 of 6