⚡️ AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
🔵7-Yangi yo‘l okrugidan saylangan deputat S.Rajabova tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.
🔵Manzil: “Yangi yo‘l” mahallasi, “Yangi hayot” ko‘chasi.
👤 Murojaatchi: Fuqaro X.To‘rayeva.
🔵Muammo nimada?
Fuqaro xonadoni yaqinidagi elektr tayanchi (ustuni) yillar davomida eskirib, yaroqsiz holatga kelib qolgan. Hozirgi kunda ustunning qiyshayib qolganligi aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
🔵Ko‘rilgan choralar:
Mazkur holat yuzasidan deputat S.Rajabova tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi. So‘rovda:
🔵Yaroqsiz ustunni zudlik bilan texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
🔵Xavfli holatni bartaraf etish va yangi tayanch o‘rnatish masalasi qo‘yilgan.
🔵Aholi xavfsizligi va qulay yashash sharoitini yaratish — deputatlik faoliyatining bosh mezoni.
😀 Bizni kuzatib boring, muammoning hal etilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berib boramiz.