Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔸 deputat ishtirokida 3-son umumtalim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi
янв.21
✅ Yangihayot tumani mahallalarida sayyor qabullar davom etmoqda
янв.21
# Aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
# deputatlik_nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2026-yil 10-14-mart kunlari amalga oshiriladigan ishlari
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining hafta ichidagi dayjest
янв.21
Tuman deputati ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat qabuli
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
# Aholi murojaatlari deputat nazoratida
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun tuman Kengashi deputati Eldor Otaboyev hamda viloyat Kengashi deputati Ro‘ziqul Primqulovlar saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan murojaatlar yuzasidan o‘z saylov okruglaridagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandilar.

Xususan, “Bekat” mahallasida joylashgan “Yangi avlod” hamda “Baxtli hayot-2” ko‘chalarini shag‘allashtirish zarurligi qayd etildi. Mazkur ko‘chalarda yog‘ingarchilik paytida yo‘llarning yomonlashib ketishi sababli aholi harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqaro A. Murodov tomonidan mahalladagi “Sharq yulduzi” ko‘chasida elektr ta’minotini tartibga solish masalasi ko‘tarildi. Fuqaro Sh. Nortmatov esa mahalla ichki ko‘chalari bo‘yida piyodalar yo‘lagini barpo etish zarurligini bildirdi.

Mazkur murojaatlar yuzasidan deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi hamda masalalar deputat nazoratiga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3