Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi T. Soliyev va tuman Kengashi deputati Gulchehra Sobirova hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP Toshloq tuman Kengashi raisi G‘ayratjon Yuldashevlar Teraktagi mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini atroflicha tahlil qildi. Shu jarayonda mavjud muammolar o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuvda mahalla faollari mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Mavjud muammolarning manzilli yechimlari bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.