Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Qobilov Abdullo Daminovich, tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Kambaridinova Noila Mexrojovna hamda IIB katta inspektori Nargiza Hamrayeva ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ma’naviy-axloqiy tarbiyani mustahkamlash hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni qonunlarga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, huquqiy ongini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda axborot makonidagi zararli ta’sirlardan ogoh bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi. t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 3