Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Янгилик

Deputat sayyor qabulida aholi murojaatlari tinglandi.

Joriy yilning 3-mart kuni Namangan tuman

4-Mirishkor saylov okrugi deputati A.Baxriddin tomonidan hudud aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etish choralari ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabul davomida asosan bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, yer va kadastr masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ayrim masalalarni joyida hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar yuklatildi, ijrosi deputat nazoratiga olindi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha aniq muddatlar belgilanib, fuqarolarga yozma ravishda javob qaytarilishi ma’lum qilindi.

Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashi matbuoti xizmati.

Slide 1 of 3