Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat faoliyatidan

 Deputat mahallada: hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 10-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputat Kamolov Abrorjon Abduxakimovich tomonidan hokim yordamchisining olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy muammolarni hal etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Deputat mahalladagi mavjud muammolarni joyida o‘rganib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berdi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 1