Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tomorqadan unumli foydalanish — barqaror daromad manbai

 Tomorqadan unumli foydalanish — barqaror daromad manbai 

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati U.Azimova Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi G.Axmadjonova xonadoniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida xonadon tomorqasidan samarali foydalanish, issiqxona faoliyati va yetishtirilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishildi. G.Axmadjonova o‘z xonadonida 4,5 sotix maydonda tashkil etilgan issiqxonada turli xil manzarali va mavsumiy gullar yetishtirib kelmoqda. Issiqxonada yaratilgan sharoitlar tufayli yil davomida mahsulot yetishtirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu esa barqaror daromad manbai yaratgan. Mazkur faoliyat natijasida yillik daromad 80 million so‘mgacha yetmoqda. Bunday namunali xonadonlar aholi bandligini ta’minlash,
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va mahalla iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 4