Guliston va Shirinlar mahallalarini tutashtiruvchi
ko‘chaning ta’mirlanishi hamda piyodalar yo‘lakchasi qurilayotgani aholi uchun
qator qulayliklar yaratayotgani ta’kidlandi. Fuqarolar uzoq yillar davomida
muammo bo‘lib kelgan masalaning ijobiy hal etilayotganidan mamnun ekanliklarini
bildirishdi.
Uchrashuvda deputat tomonidan hududdagi boshqa mavjud
muammolar ham o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli
chora-tadbirlar belgilandi.
Amalga oshirilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini
yaxshilash, aholi uchun yanada munosib sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.