Xalq deputatlari tuman Kengashiga 3-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Abdunabi Isroilov "Yangiobod" ShFYda saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, kotibiyat mudiri, mahalla faollari, mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, hamda tegishli tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, bandlik va daromad masalalari, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilma holati, sog‘liqni saqlash, ta’lim, yoshlar va xotin-qizlar masalalari hamda aholini qiynayotgan boshqa kundalik muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Ko‘tarilgan barcha muammolarni tizimli ravishda hal etish maqsadida mas’ul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi va ijrosi deputat nazoratiga olindi.