Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
♻️ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi “12-Navqiron” okrugi deputati Dadabayev Xasanjon Mamatkarimovich faoliyati toʻgʻrisida.
янв.21
# Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari “Madad” nodavlat notijorat tashkilotida boʻlishdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot  tumani Kengashi deputati Xursandova Dilshoda Abdullayevna faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
deputatlik_faoliyati # deputat mahallada
янв.21
Alisher Navoiy tavalludiga 585-yil toʻldi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Yangihayotlik yoshlar bilim orqali katta marralarni zabt etmoqda
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Erkin Abdurahmonov tomonidan Buyuk kelajak mahallasida mahalla yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda firibgarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, manzilli yordam va qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, mahalla hokim yordamchisi va deputat ko‘magida mahalla fuqarosining avtomobil ta’mirlash ustaxonasini kengaytirish maqsadida 18 foizli imtiyozli 50 million so‘m kredit ajratilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolarni qiynayotgan masalalarni tizimli hal etish, bandlikni ta’minlash hamda hududda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4