Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
♻️ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi “12-Navqiron” okrugi deputati Dadabayev Xasanjon Mamatkarimovich faoliyati toʻgʻrisida.
янв.21
# Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari “Madad” nodavlat notijorat tashkilotida boʻlishdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot  tumani Kengashi deputati Xursandova Dilshoda Abdullayevna faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
deputatlik_faoliyati # deputat mahallada
янв.21
Alisher Navoiy tavalludiga 585-yil toʻldi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Yangihayotlik yoshlar bilim orqali katta marralarni zabt etmoqda
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining yettinchi chaqiriq, navbatdagi 26-sessiyasida 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi.

Mazkur Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda hududda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

🎯 Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:

barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish;

yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish;

tadbirkorlik uchun qulay muhit shakllantirish;

“yashil” tamoyillar asosida zamonaviy shahar infratuzilmasini rivojlantirish.

📌 2026-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar:

🔹 Sanoatda drayver loyihalarni amalga oshirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish;

🔹 Xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirish, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini kengaytirish;

🔹 Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, startap va innovatsion loyihalarni rag‘batlantirish;

🔹 Ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirish, renovatsiya va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish;

🔹 Yashil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etish.

Dastur 7 ta kichik dasturdan iborat bo‘lib, sanoat, xizmatlar, eksport va investitsiya, tadbirkorlik, bandlik, yashil rivojlanish hamda ijtimoiy sohani qamrab oladi.

👤 Qaror bilan shahar hokimi o‘rinbosarlariga aniq yo‘nalishlar kesimida shaxsiy mas’uliyat yuklatildi.

📊 Dastur ijrosi har chorakda tahlil qilinadi va Kengash sessiyalarida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitib boriladi.

🟢 Muhimi, mazkur Dastur Samarqand shahrining iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, qulay biznes muhiti yaratish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Samarqand – yangi bosqichdagi taraqqiyot sari!