Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputati Mamashukurov Olimjon Qayumovich tumandagi bir qator ta’lim va tibbiyot muassasalarida o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
Jumladan:
“Kakan”, “Baxshtepa”, “Saksonkapa” MFY hududidagi 17-, 23-, 38-sonli umumta’lim maktablari;
“Xo‘shchekka” MFYdagi 12-maktab;
92-sonli oilaviy poliklinika faoliyati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida muassasalarda yaratilgan sharoitlar, ta’lim va tibbiy xizmat sifati, mavjud muammolar hamda ularning yechimi yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.