Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga 20-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat, Kotibiyat mudiri G‘.Xo‘jamqulov Mustaqillik mahallasida mahalla yettiligining faoliyati o‘rgandi.
O‘rganish davomida deputatlar tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish,
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan vazifalar ham belgilab olindi.