Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida davlat boshqaruvi tizimida belgilangan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Majlisda Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi kotibiyati va deputatlari, tegishli tashkilot va idoralar vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Strategiyada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, samaradorlik va ochiqlikni oshirishga qaratilgan maqsad va vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Deputatlar tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, zamonaviy va samarali davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, “Mamlakatning 2030 yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Slide 1 of 5