Yangiliklar

DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN

 Urganch shahridagi 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o‘rganish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati M.Jumaniyazova, pedagog xodimlar hamda partiya faollari ishtirok etib Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, ta’lim sohasini rivojlantirish, yoshlar tarbiyasi, ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi.

Murojaatnoma matni yig‘ilish davomida o‘qib yeshittirildi hamda undagi har bir bandning mazmun-mohiyati pedagoglar tomonidan sodda va tushunarli tarzda sharhlab berildi.

Slide 1 of 1