Yangiliklar

DЕPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q. Bobojonov Bog‘ishamol mahallasida bunyod etilayotgan mahalla binosi qurilishining joriy holatini o‘rganish maqsadida obyektga tashrif buyurdi. 

Tashrif chog‘ida qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi, mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi hamda loyiha hujjatlarida belgilangan vazifalarning bajarilishi masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Shuningdek, qurilishda ishtirok etayotgan mutaxassislar bilan olib borilgan muloqotda ishlarning samaradorligi va mas’uliyatli yondashuv yuzasidan fikrlar bildirildi.

Slide 1 of 3