35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangibozor tumani: Oltinko‘l mahallalarida yoshlar bandligi e’tiborda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI VA NATIJA:
янв.21
QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Hududiy o‘rganishlar – aholi manfaatlari va amaliy natijalar sari muhim qadam

 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Murodxon Jo‘rayev tomonidan Yashnobod tumanidagi “Vatandosh” hamda “Tong” mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, infratuzilma va fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan manzilli o‘rganishlar olib borildi.

📍 Uchrashuvlarda mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda fuqarolar ishtirok etib, hudud rivoji va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘rsatilayotgan yordam, xotin-qizlar faollari va hokim yordamchilari faoliyati, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🚧 Shuningdek, ichki ko‘cha yo‘llarining holati, tungi yoritish tizimi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘p qavatli uylar atrofidagi sanitariya holati, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ham deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.

🌳 Mahallalardagi park va xiyobonlar holati, bolalar va yoshlar uchun sport maydonchalari, ta’lim muassasalarining sport zallari va jihozlanganlik darajasi, jamoat transporti qatnovi, avtobus bekatlarining qulayligi, madaniyat muassasalari hamda kutubxonalar faoliyati kabi yo‘nalishlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Murodxon Jo‘rayev tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash va ularni tizimli ravishda bartaraf etish, har bir mahallaning imkoniyatidan kelib chiqib rivojlanish nuqtalarini belgilash deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

✅ Yakunda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlarni belgilash, hududiy muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1