35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangibozor tumani: Oltinko‘l mahallalarida yoshlar bandligi e’tiborda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI VA NATIJA:
янв.21
QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat M.Naimova tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov bilan birgalikda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan Vobkent tumanida mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining ijrosi yuzasidan 2026-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasining Vobkent tumani boʻlimida oʻrganish ishlarini olib bordi.

Oʻrganishlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”ni Nizom talablari asosida tashkil etilgan ushbu jamgʻarma hisob-raqamida 2026-yil 1-yanvar holatida jami 877,7 mln.soʻm qoldiq mablagʻ mavjud boʻlib, joriy yilning I chorak mobaynida tumanda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 10 foizi yaʼni 326,0 mln.soʻm boʻlgan mablagʻlar jamgʻarmaga kirim qilinib, mavjud 39 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining maxsus hisob-raqamlariga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu oʻtkazib berilgan mablagʻlar quyidagi yoʻnalishlarga sarflanishi belgilangan. Xususan:

- mahalla hududidagi ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlakchalari, yoritish tizimi, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqava suv tizimini taʼmirlash va tiklash;

- mahalla fuqarolar yigʻini binosi, mahalla hududida joylashgan sport maydoni, nuroniylar choyxonasi, yoshlar markazi, bolalar maydonchasi, kutubxona, madaniyat markazini qurish, mukammal va joriy taʼmirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarga moddiy koʻmaklashish hamda ularning turar joylarini taʼmirlash va jihozlash;

- mahalla hududida infratuzilmani rivojlantirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish va boshqa tadbirlardan iboratligi belgilab berilgan.

2026-yil I choragi davomida tumandagi mavjud boʻlgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining taklif va buyurtmalariga asosan jami 321,8 mln.soʻm boʻlgan mablagʻlar “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan belgilangan tartibda xarajat qilish uchun sarflangan.

Oʻrganishda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 7