Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangibozor tumani: Oltinko‘l mahallalarida yoshlar bandligi e’tiborda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI VA NATIJA:
янв.21
QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq
va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida laboratoriyada amalga oshirilayotgan ishlar, baliqchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar hamda zamonaviy texnologiyalar asosida baliq urug‘ini ko‘paytirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Mutaxassislar tomonidan laboratoriyaning asosiy faoliyati, baliq turlarini parvarishlash, urug‘ yetishtirish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, mazkur laboratoriya hududda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda sohada yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, baliq urug‘ini mahalliy sharoitda yetishtirish orqali sohada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmini oshirish va baliqchilik xo‘jaliklarini sifatli urug‘ bilan ta’minlash imkoniyati kengayib borayotgani ta’kidlandi. Tuman Kengashi raisi laboratoriya faoliyati bilan tanishar
ekan, sohani yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda yoshlarni baliqchilik sohasiga keng jalb qilish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.
 

Slide 1 of 5