Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangibozor tumani: Oltinko‘l mahallalarida yoshlar bandligi e’tiborda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI VA NATIJA:
янв.21
QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi faoliyati muhokama qilindi.

✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan ekspert guruhi faoliyati yuzasidan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✔️Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025 yil 28 yanvardagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida”gi KQ-52-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025 yil 27 fevralda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining VII-7-26-2-35-K/25-sonli qarori qabul qilinib, Kengash huzurida ekspert guruhi tashkil etilgan edi.

✔️Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida ekspert guruhi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, hisobot taqdim etildi. Yig‘ilishda guruh a’zolari tomonidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini tahlil qilish, qabul qilinayotgan qarorlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

✔️Ta’kidlanganidek, ekspert guruhi faoliyati davomida Kengash sessiyalariga kiritilayotgan bir qator masalalar yuzasidan taklif va xulosalar ishlab chiqilib, qarorlar sifatini oshirishga xizmat qilgan. Shuningdek, aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularga yechim topishda ham guruh a’zolarining ishtiroki ta’minlangan.

✔️Yig‘ilish davomida ekspert guruhi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, tahliliy ishlarni kuchaytirish hamda Kengash qarorlarining ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✔️Yakunda, ekspert guruhi a’zolari oldiga kelgusida ham hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, asosli takliflar ishlab chiqish va qarorlar sifatini oshirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6