Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangibozor tumani: Oltinko‘l mahallalarida yoshlar bandligi e’tiborda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI VA NATIJA:
янв.21
QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Bugun O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Sardoba tuman hududiy bo‘linmasi tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Sardoba tumani hokimi, deputat Ziyadulla Karimov, va Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q.O'tayevlar hamkorligida hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari A. I. Irismetov ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir yurtimizda ilgari surilayotgan insonparvarlik siyosati asosida joylarda amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning uzviy davomi hisoblanadi. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning hayot sifatini yaxshilash va ijtimoiy faolligini oshirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.

Tadbir doirasida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magi asosida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi

Shuningdek, santexnika, elektr va payvandchilik kabi kasblarni egallagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘z mehnat faoliyatini yanada rivojlantirishlari uchun zarur asbob-uskunalar topshirildi. Bu esa ularning bandligini ta’minlash va mustaqil daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8