Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi to'g'risida
📌 Onalar va bolalar salomatligini himoya qilishga qaratilgan qonun targ‘ib qilindi

Aholi o‘rtasida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, ayniqsa onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan qonunlarning ahamiyatini keng targ‘ib etish muhim vazifalardan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Mardanova Shaxlo tomonidan Ishtixon tumanidagi Sog‘liqni saqlash muassasasi binosida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-oktabrdagi “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘RQ-574-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida deputat mazkur qonunning asosiy maqsadi go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishini ta’minlash, ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini ta’minlashdan iborat ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda quyidagi masalalar haqida batafsil tushuntirishlar berildi:

🔹 ona suti bilan oziqlantirishning bola salomatligi uchun beqiyos ahamiyati;

 🔹 go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yiladigan talablar;

 🔹 ushbu mahsulotlarning sifati, xavfsizligi va to‘g‘ri markirovkalanishi;

 🔹 ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish va tarqatish bo‘yicha qonunchilik talablari.

Deputat ta’kidlaganidek, mazkur qonun bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularning to‘g‘ri oziqlanishini ta’minlash hamda sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda qonunning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

📌 Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy madaniyatini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3