Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi to'g'risida
#o'rganish

O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Shodiya Alijonova tomonidan shahrimizdagi “Bobur” mahallasi aholisining maishiy-ijtimoiy murojaatlari yuzasidan navbatdagi deputatlik o‘rganishi olib borildi.

O‘rganish jarayonida nimalarga e’tibor qaratildi?

🔍 Fuqarolarga pensiya va nafaqalar tayinlanishining qonuniy asoslari;

🔍 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari va maishiy muammolari;

🔍 Qonun ijrosi doirasida aholiga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish darajasi.

Deputat o‘rganish davomida bir necha fuqarolarning shaxsiy murojaatlarini tinglab, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish va huquqiy maslahatlar berish choralarini ko‘rdi.

Xalq bilan muloqot va ijtimoiy adolatni ta’minlashga qaratilgan bunday o‘rganishlar shahrimizning barcha mahallalarida tizimli ravishda davom etmoqda.

Slide 1 of 2