Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi to'g'risida
📌 Qonun targ‘iboti o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Raximov Mutallib tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

📖 Mazkur qonun 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘RQ–350 hisoblanadi. Ushbu qonun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi hamda mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🤝 Uchrashuv davomida qonunning asosiy maqsadi — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla fuqarolar yig‘inlarining vakolatlarini belgilash hamda aholining hududdagi ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kuchaytirishdan iborat ekani ta’kidlandi.

🗣 Shuningdek, tadbirda mahalla fuqarolar yig‘inining vazifalari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tartibi, hududdagi ijtimoiy muammolarni hamkorlikda hal etish mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

📋 Uchrashuv davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollar muhokama qilinib, ularga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

✅ Ta’kidlanganidek, bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3